"Barselona"ning yangi mavsumdagi asosiy tarkibi qanday bo‘ladi? Biz 3 xil variant taklif etamiz!

  • 18 iyul, 2022, 10:22
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu sodir bo‘ldi! Robert Levandovski "Barselona" safiga kelib qo‘shildi. E’tiborlisi shundaki, forvard Kataloniyaga ko‘chib ketish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Ochiqchasiga ketmoqchi ekanligini aytibgina qolmay, Xavi qo‘l ostida kichikroq maosh evaziga to‘p tepishga ham rozi bo‘ldi. Agar Fabritsio Romano aytgan gap to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, "Bavariya" polyakning transferidan 50 million evro ishlab olgan.

Tecno

Aslida, bugun bu haqida so‘zlashmoqchi emasmiz. Xo‘sh, endi "Kamp Nou" egalarining hujumi qanday ko‘rinish oladi? Keling, bir nechta sxema yordamida fantaziyani ishga solamiz! Har holda, naqd 7 ta hujumchisi bor jamoa qanday o‘yin sxemasidan foydalanishi barchaga qiziq bo‘lsa kerak!

Yozda tarkibga qo‘shilgan Rafinya va Levandovskidan tashqari, Memfis Depay, Per-Emerik Obameyang, Ferran Torres, Ansu Fati va Usman Dembelega bir vaqtda maydonda joy topib berish oson bo‘lmasligi turgan gap.

Aslida, "Barselona" tarkibida hozir "katta" nomlar ko‘p, ammo polyak shunda ham ulardan ajralib turishni uddalamoqda. Shu bois, u biz taklif etadigan barcha sxemalarda asosiy hujumchi obrazida qoladi. Boz ustiga, Xavi 4-3-3 sxemasidan foydalangani bois, ayrim futbolchilarning joyini o‘zgartirgan holda, asosiy tarkibga kiritishga urinamiz.

Xo‘sh, birinchi ko‘rinish: Chapda Depay, o‘ngda Rafinya.

1 barsa_1

Ikkinchi ko‘rinish: Chapda Obameyang, o‘ngda Torres.

2 barsa_1

Uchinchi ko‘rinish: Chapda Fati, o‘ngda Dembele.

3 barsa_1

Bonus tariqasida, yana bir sxemani e’tiboringizga taqdim etamiz. Tasavvur qilib ko‘ring, agar "Barselona" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun tavakkalga qo‘l ursa, sxema qanday bo‘ladi? Deyarli barcha hujumkor futbolchilar maydonda bo‘lgani bois, tarkib anchayin o‘zgacha ko‘rinish olishi mumkin. 3-4-3 yoki 3-2-5 sxemasi ham Xavi tomonidan qo‘llanilishi hech gap emas. O‘z vaqtida, Pep Gvardiola favqulodda holatlarda bunday ishga qo‘l urganini bir necha bor ko‘rganmiz. Fati va Rafinya qanotni o‘z qo‘liga olsa, oldinda Obameyang-Dembele-Levandovski uchligi paydo bo‘ladi.

4 barsa_1

Eng qizig‘i shundaki, mana bu sxemadan klub foydalanganda ham, ikkita hujumchisi zaxirada qolib ketadi. Ferran Torresdan farqli o‘laroq, Memfis Depayning "Barsa"ni tark etishi ancha haqiqatga yaqinroq.

Robert Levandovskining transferi oldingi chiziqda yaxshigina raqobatni hosil qilgani rost, ammo kataloniyaliklar avvalgi darajasiga qaytishi uchun 33 yoshli futbolchiga suyanib qolmasligi shart. Nafaqat hujum, balki boshqa zonalarda ham xuddi shunday raqobat yaratilishi lozim. Xavining maksimalist ekanligini inobatga olsak, "Barselona" tez orada yana transferlarga qo‘l urishini taxmin qilamiz. Voqealar rivojini SPORTS.uz'da kuzatib boring!

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!