Bartomeu Neymarning transferidan keladigan pulga "Barselona"ni kuchaytirmoqchi

  • 29 iyul, 2017, 16:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoaning braziliyalik hujumchisi Neymarning PSJga o‘tishi borasidagi vaziyat haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Biz har yili ko‘p yutuqlarga erisha oladigan raqobatdosh jamoa shakllantirishga harakat qilamiz. Ba’zi mavsumlarda buni uddalay olganmiz, ba’zilarida esa yo‘q. Ammo baribir eng kuchlisi bo‘lishga harakat qilamiz. Biz Neymar jamoamizda qolishini istaymiz, biroq o‘rtada tovon puli bor. Agar u ketishni istasa, uning uchun belgilangan pulni to‘lashadi va u ketadi. Neymar bilan bu haqda gaplashdikmi? Yo‘q, biz gaplashmadik. Ispaniyaga qaytgan paytimiz u bilan o‘tirib, barchasini kelishib olamiz. Aytishim mumkinki, uning transferidan tushadigan har qanday mablag‘lar faqat jamoani kuchaytirish uchun sarflanadi.

Neymarni sotib oladigan jamoa uning shartnomasida belgilab qo‘yilgan kompensatsiya summasini tiyinigacha to‘lashga majbur. UEFAda moliyaviy feyr-pley degan narsa bor. Agar qaysidir jamoa bunga amal qilmaydigan bo‘lsa, sanktsiyalar qo‘llanilishi mumkin. “Barselona” yiliga 800 mln evro daromad ko‘radigan dunyodagi ikki klubning biri hisoblanadi. Ushbu mablag‘lar esa jamoa rivoji uchun sarf etiladi”, - deydi Bartomeu AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Neymarning tovon puli 222 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!