Bartomeu tanqidlarni yumshatish uchun Neymarni "Barselona"ga qaytarishga yana urinib ko‘rmoqchi

  • 17 avgust, 2020, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da yana PSJ hujumchisi Neymarni jamoaga qaytarish fikri paydo bo‘ldi.

Diario Sport nashrining yozishicha, kataloniyaliklar prezidenti Jozep Bartomeu klubning transfer rejalarini o‘zgartirishga qaror qildi. U zudlik bilan yon atrofida o‘ziga nisbatan bo‘layotgan tanqidiy fikrlarni o‘zgartirmoqchi.

Bundan bir oy muqaddam, “ko‘k-anor ranglilar” PSJ juda katta narx belgilagani uchun braziliyalik futbolchining transferidan voz kechishgan va uning o‘rniga “Inter”dan Lautaro Martinesni sotib olishga qaror qilishgandi. Hozir esa, “Barsa” Neymar borasida parijliklarning fikrini o‘zgartirishga urinmoqda. Buning uchun esa, Grizmann va unga qo‘shimcha 50-60 mln evro pul taklif qilishmoqchi. Amm barchasi futbolchining qaroriga bog‘liq. Agar Neymar “Kamp Nou”ga qaytishga rozi bo‘lsa, masala tezda hal bo‘ladi.

Bartomeuning fikricha, Neymarning qaytishi “Barselona” muxlislarining fikrini o‘zgartira oladi.

"Barselona" prezidenti iste’foga chiqmoqchi emas

"Barselona" prezidenti Pochettino bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!