
Batshuayi, Aduris va O‘zil Evropa ligasining hafta futbolchisiga da’vogarlik qilmoqda
Xabaringiz bor kecha UEFA Evropa ligasining 1/16 final bosqich dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bugun tashkilot rasmiy sayti musobaqaning hafta futbolchisiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Nitstsa”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgan “Lokomotiv” klubi forvardi Manuel Fernandesh, o‘z jamoalari safida dubl qayd etgan Mishi Batshuayi (“Borussiya”D) hamda “Atletik” forvardi Arits Aduris va “Estersund”ga (3:0) qarshi bahsda gol urishga erishgan Mesut O‘zil (“Arsenla”) ushbu nomga da’vogarlik qilmoqda.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar