“Bavariya” bir o‘yinchi uchun to‘rtta yulduzidan voz kechadi

  • 26 fevral, 12:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada yana peshqadamlik o‘z qo‘liga olgan “Bavariya” anchadan beri “Chelsi” hujumchisi Kristofer Nkunkuni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni orzu qilmoqda.

Myunxenliklar  yanvar oyida frantsiyalik futbolchini transfer qilish masalasida “Chelsi”ga murojaat qilgan edi. Biroq tomonlar moliyaviy masalada bir to‘xtamga kela olmadi.

Nkunku qimmatbaho hujumchilar toifasiga kiradi. “Aristokratlar” bu o‘yinchi uchun 2023 yilning yozida 60 million evro sarflagan va endi bu summadan kamiga uni qo‘yib yubormaydi.

“Bavariya” bosh murabbiy Vensan Kompani Angliya Premer-ligasiga ketishidan avval “Leyptsig” safida Bundesligani yondirgan hujumchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Endi Myunxen superklubi rahbariyati bu transferni amalga oshirish uchun to‘rt nafar yulduzi bilan xayrlashishni ma’qul topdi. Ketadiganlar ro‘yxatiga Leon Goretska (transfer bozoridagi narxi 22 million evro), Serj Gnabri (35 million evro), Kingsli Koma (35 million evro), Brayan Saragosa (12 million evro) kabi futbolchilarni kiritdi.

Shuningdek, xaridor chiqsa, Joau Palinya, Rafael Gerreyro va Sasha Boe ham sotib yuboriladi.

Bu transferlardan keladigan mablag‘ Kristofer Nkunkuni olishga yo‘naltiriladi. 27 yoshli hujumchining o‘zi “Chelsi”da unga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi va imkon qadar tezroq “Bavariya”ga ko‘chib o‘tishga oshiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!