"Bavariya" bosh murabbiyi: "Chelsi" zo‘r hujumchini sotib oldi

  • 06.06.2020 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “RB Leyptsig” forvardi Timo Vernerning “Chelsi”ga o‘tayotgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Verner – ajoyib futbolchi, u hali juda ko‘p gol uradi. Agar bu boradagi xabarlar haqiqat bo‘lsa, “Chelsi” ajoyib transferni amalga oshirdi”, - deydi Flik.

24 yoshli germaniyalik futbolchi tez orada “aristokratlar” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. U joriy mavsum Bundesligada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 25 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!