“Bavariya” Bundesliga yulduzini “Real”ga bermoqchi emas

  • 14.01.2021 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” va “Real” klublari Myonxengladbaxning “Borussiya”sida porlay boshlagan iste’dodli yarim himoyachi Florian Noyxausni olishga harakat qilmoqda.

23 yoshli futbolchining o‘zi ham qudratli klublarda to‘p surish orzusida yozda Myonxengladbaxdan ketish istagini bildirmoqda.

“Borussiya” aslida bu futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti. Lekin 2024 yilgacha davom etadigan shartnomada ko‘rsatilgan badal puli to‘lanadigan bo‘lsa, germaniyaliklar Noyxausni ushlab qololmaydi.

Noyxaus futbolchilik faoliyatini “Myunxen 1860” jamoasida boshlagan va 2017 yili “Borussiya"ga olib kelingan. Joriy mavsumda Bundesligada 14 ta o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachi uchta gol urib, ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!