"Bavariya" Emiliano Martinesdan umidini uzdi

  • 24 dekabr, 2022, 18:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" posboni Emiliano Martines "Bavariya"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Unga Myunxen klubi ortiq qiziqish bildirmayapti. 

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning amaldagi chempionlari Yann Zommer va Aleksandr Nyubel variantini ustuvor, deb hisoblamoqda. Martines esa katta ehtimol bilan APLda qoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Emiliano Argentina bilan mundial g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Frantsiyaga qarshi finalda u jamoasining penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!