"Bavariya" etakchisini ushlab qolish yo‘lini topdi

  • 19 noyabr, 2020, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” tarkibida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan Leon Goretska kelajagi haqida aniq qarorga keldi. 25 yoshli yarim himoyachi Angliya premer-ligasida manfaatli takliflar bo‘layotganiga qaramay, u faoliyatini Myunxenda davom ettirishni istamoqda.

Tecno

O‘z navbatida, klub rahbariyati ham bu futbolchini olib qolish uchun manfaatliroq yangi shartnoma taklif qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Goretska 2018 yilning yozidan beri “Bavariya” sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi yakunlanishiga yana ikki yil bor. Shunday bo‘lsa-da, Bundesliga chempioni hamkorlikni yangi muddatga uzaytirib qo‘ymoqchi.

Hozir Goretskaning transfer summasi 60 million evroga baholangan. Yozda bo‘ladigan Evropa chempionatidan keyin bu narx oshib ketishi kutilmoqda.  

“O‘runovning zo‘r futbolchi bo‘lishiga ishonmayman!”

“Real” arzon taklifni qabul qiladimi?

“Chelsi” orzusidagi futbolchi uchun besh nafar o‘yinchidan voz kechyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!