“Bavariya” Germaniya kubogi yarim finaliga chiqdi

  • 7 fevral, 2018, 00:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Germaniya kubogi chorak final bahsi – “Paderborn” hamda “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Ushbu o‘yinda myunxenliklar 6:0 hisobida g‘alabaga erishdilar. Kingsli Koman, Robert Levandovski, Djoshua Kimmix, Korenten Tolisso, Aren Robben va Frank Riberilar tomonidan kiritilgan gollar evaziga Yupp Xaynkes jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Germaniya kubogi. Chorak final

Paderborn – Bavariya 0:6 (0:3, 0:3)

Gollar: 0:1 – 19 Koman, 0:2 – 25 Levandovski, 0:3 – 42 Kimmix, 0:4 – 55 Tolisso, 0:5 – 86 Robben, 0:6 – 88 Robben.

Paderborn – Rataychak, Shtrodik, Xertsenbrux, Beder, Tsolinski, Antvi-Adjey (Bertels, 66), Shonlau, Krausse, Vassay (Titts, 46), Ritter (Klement, 74), Mixel.

Bavariya – Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba, Xames (Rudi, 67), Kimmix, Robben, Vidal, Koman (Riberi, 81), Levandovski, Myuller (Tolisso, 32).

Ogohlantirishlar: Xummels (40), Vidal (74), Tsolinski (75), Shtrodik (82).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!