"Bavariya" haddidan oshdi!

  • 10 iyul, 2022, 12:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi xarid qilmoqchi bo‘lgan "Bavariya" futbolchisi Robert Levandovsining narxini amaldagi jamoasi ko‘tirishdan to‘xtamayapti. 

Jurnalist Pedro Morataning xabar berishicha, ayni vaqtda myunxenliklar o‘z hujumchisi uchun 70 million evro olishni istamoqda. 

Avvalroq, ular "Barselona"ning 40+5 ko‘rinishidagi taklifini rad etib, 50 million evrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishini aytgan.

Ayni vaqtda "ko‘k-anorranglilar" so‘ralgan pulni to‘lashga tayyor. Biroq hali polyakka o‘rinbosar topmagan Myunxen klubi forvardning narxini ko‘tarishdan to‘xtamayapti. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!