
"Bavariya" kelgusi yoz super transferni amalga oshiradi
Bir necha yillardan buyon yirik xaridlarni amalga oshirmay kelayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi kelasi yoz transfer bozorini larzaga keltirishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi klub ramziga aylanib qolgan Aren Robben va Frank Riberilarning o‘rniga jamoaning yangi yuziga aylanishi mumkin bo‘lgan top darajadagi yulduz futbolchini sotib oladi.
“Bavariya”ning bu boradagi asosiy nishoni "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann hisoblanadi va ular ushbu transfer uchun 200 million evro yo‘naltirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann joriy yoz “Barselona”ga o‘tishi aytilayotgan bir paytda “matraschilar” bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan edi.
Fikrlar