
"Bavariya" Kovach o‘rniga nomzodlar topdi
Sport1.de nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach iste’foga chiqarilishi mumkin. Kovachning aybi sifatida, jamoa namoyish etayotgan o‘yin sifati, murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi tushunmovchilik ko‘rsatilmoqda.
Germaniyaliklar jamoa ustozligi uchun "Ayaks bosh murabbiyi Erik ten Xag va "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino nomzodlarini ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag "Bavariya"da tajribaga ega, aniqrog‘i u o‘z vaqtida klub yoshlari ustozi sifatida ishlagan.
Fikrlar