
“Bavariya” Levandovski o‘rniga 100 million evrolik hujumchi oladi
"Bavariya" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, "nemis mashinasi" nigeriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Italiya klubi 100-110 million evrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Oldinroq, Robert Levandovski faoliyatini "Bavariya"da davom ettirish niyatida emasligini aytilgandi. Hujumchiga asosiy da’vogar —"Barselona".
23 yoshli Viktor Osimxen yakuniga etgan Italiya chempionatining 27 ta o‘yinida ishtirok etib, 14 ta gol va 5ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 60 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar