"Bavariya" Levandovskiga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi

"Bavariya" "Everton" hujumchisi Risharlisonni Robert Levandovskining o‘rniga sotib olishi mumkin, deb xabar beradi "Spox".

Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati 33 yoshli polshalik goleadorni qo‘yib yuborishni istamayapti, ammo har ehtimolga qarshi unga o‘rinbosar topib qo‘ymoqchi. Qayd etilishicha, "Bavariya" allaqachon 25 yoshli braziliyalikning agentlari bilan muzokara o‘tkazgan.

Levandovski Myunxen klubini tark etib, "Barselona"ga o‘tmoqchi. Hujumchining "nemis mashinasi" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq, forvard Kataloniya klubi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!