"Bavariya" PSJ futbolchisini xarid qildi
PSJ himoyachisi Tangi Kuassi faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Shira ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. U seshanba kuni nemis klubiga o‘tish ishlarini yakunlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Kuassi parijliklar safida 13 ta o‘yinda ikkita gol kiritdi.

Fikrlar