
"Bavariya" qishda "Barselona" himoyachisini sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona" himoyachisi Samuel Umtitining xizmatlariga qiziqish bildira boshladi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 25 yoshli frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Myunxenliklar Umtitini jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan himoyachi Niklas Zyule o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Umtitini 50 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Umtiti joriy mavsum kataloniyaliklar safida bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar