
"Bavariya" qiziqayotgan Ziesh "Ayaks"ning eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritdi
"Ayaks" klubi yarim himoyachisi Xakim Ziesh 2018/19 yillardagi futbol mavsumida jamoaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
26 yoshli xavbek Gollandiya chempionati doirasida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 16 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan, 21 golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Ilgariroq, Marokash terma jamoasi a’zosiga "Tottenxem", "Bavariya" kabi top klublar qiziqish bildirayotgandi.
Fikrlar