
"Bavariya" sobiq futbolchisi: Nagelsmanning sevgilisi klub uchun katta tahdid
"Bavariya" sobiq futbolchisi Markus Babbel Yulian Nagelsmanning Myunxen klubi bosh murabbiyligidan ozod etilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nagelsmanning "Bild" jurnalisti bilan munosabati kiyinish xonasida faol muhokama qilinganini bilaman. Murabbiy u bilan aloqada bo‘lgani zararli. Yulianning sevgilisi "Bavariya" uchun katta tahdid edi.
Ishonch yo‘q edi. Sababi, ba’zi futbolchilar o‘zlarini erkin tuta olmay qoldi. Ular hamma narsa matbuotda bo‘lishidan qo‘rqishdi", - dedi Markus.
Fikrlar