"Bavariya" uni tekinga qo‘yib yuboradi

  • 6 aprel, 2021, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik himoyachi Jerom Boateng mavsum yakunlangach “Bavariya”ni tark etadi.

Tecno

Kicker nashri tarqatgan xabarga qaraganda, myunxenliklar rahbariyati yozda shartnomasi yakunlanadigan 32 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Bu haqda Boatengning vakillariga ham xabar berilgan. Endi u yozda erkin agentga aylanadi va yangi jamoasi safiga tekinga borib qo‘shiladi.

Boateng “Bavariya” sharafini 10 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 8 marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari 2 marta UEFA Chempionlar ligasi,  UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Jerom Boateng joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. “Bavariya” esa 27 turdan so‘ng Bundesligada 64 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!