
"Bavariya" ustozi "Atletiko"ning kuchli tomonlarini aytdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yindan oldin raqib jamoaning kuchli tomonlari haqida gapirdi.
“Atletiko” La Ligada 2-o‘rinda ketmoqda. Agar zaxiradagi o‘yinini o‘tkazsa, birinchi o‘ringa chiqib olishi ham mumkin.
Biz ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz. "Atletiko" La Ligada eng yaxshi himoyaga ega birinchi va eng yaxshi hujumga ega ikkinchi jamoa hisoblanadi”, - dedi Flik.
"Atletiko" - "Bavariya" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar