"Bavariya" va "Liverpul" bir futbolchi uchun kurashadi
Bremenning "Verder" klubi hujumchisi Maks Kruze "Bavariya" va "Liverpul"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Sport1.de nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala jamoa ham 31 yoshli germaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishga urunib ko‘rmoqchi. Qayd etish lozimki, Kruze yozda erkin agentga aylanadi va u yangi jamoasi safiga mutlaqo tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kruze joriy mavsum “Verder” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol hamda 14ta assistga mualliflik qildi.
Fikrlar