
"Bavariya" vakillari Keynning masalasini hal qilishadi!
"Bavariya" klubi vakillari kecha Londonga uchib ketishgan. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi bilan Xarri Keyn masalasini hal qilishadi. Futbolchining o‘zi esa Germaniyaga borishni istayapti.
London klubi hujumchi uchun 100 million evro so‘ramoqda. Biroq Germaniyaning amaldagi chempionlari bu summani to‘lashga qodir emas. Biroq ular muzokaralar ijobiy yakunlanishiga ishonchi komil.
Fikrlar