"Bavariya" Xamesning transferini to‘liq sotib olmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Real”dan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesning transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra nemis grandi mavsum yakunlangach Xames uchun 32 mln evro to‘lab, uni rasman o‘z futbolchisiga aylantirib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges 2017 yildan buyon “Bavariya”da ijara asosida to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar