
“Bavariya” yulduzi “Chelsi” ustozini mensimadi
“Bavariya”dan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan David Alaba “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan London klubiga o‘tish borasida shaxsan gaplashib oldi.
Germaniyalik mutaxassis avstriyalik universal himoyachini o‘z jamoasiga kelishga ko‘ndirishni istagan edi. Biroq, 28 yoshli futbolchi Tuxelning taklifini qabul qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, David Alaba faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishni istayotgani bois, Tuxelga rad javobini bergan.
David Alaba “Bavariya”dagi 11 yillik faoliyati davomida to‘qqiz bor Germaniya chempioni, olti marta mamlakat kubogi va besh marotaba Superkubok sohibi bo‘ldi. Shuningdek, ikki martadan Evropa Chempionlar ligasi va Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovrinlarini ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar