“Bavariya”da endi hech kim 5-raqamda o‘ynamaydi

  • 12 dekabr, 2024, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati jamoaning hech bir futbolchisiga 5-raqam berilmasligini rasman e’lon qildi.

Myunxenliklar klub afsonasi Frants Bekkenbauer xotirasini hurmatlash maqsadida u o‘ynagan beshinchi raqamni iste’moldan chiqardi.

Frants Bekkenbauer XX asrning eng zo‘r himoyachilarian bo‘lgan. U 1964-1977 yillar davomida “Bavariya” sharafini himoya qilgan.

Germaniya milliy terma jamoasi safida 1972 yili Evropa va 1974 yili jahon chempioni bo‘lgan.

Nemis futboli tarixida chuqur iz qoldirgan Frants Bekkebauer 2024 yilning 7 yanvar kun hayotdan ko‘z yumgan edi.

“Bavariya” klubi tarixida 5-raqamda o‘ynagan oxirgi futbolchi sifatida frantsiyalik legioner Benjamin Pavar qoladigan bo‘ldi. Pavar 2019-2023 yillar davomida “Bavariya”da to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!