
"Bavariya"ga Frantsiya terma jamoasi hujumchisi kerak emas
"Bavariya" klubi "Ayntraxt" hujumchisi Randal Kolo Muanining xizmatlariga muhtoj emas. Bild muxbiri Kristian Falk, 24 yoshli frantsiyalik futbolchining agentlari "Bavariya" rahbariyati bilan bog‘langani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi shu yilning yozida Frantsiyaning "Nant" klubidan Bundesligaga o‘tgan Randalni sotib olish imkoniyatini hozircha ko‘rib chiqmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kolo Muani joriy mavsum Germaniya chempionatining 14 o‘yinida ishtirok etdi va 5 gol va 9 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu ko‘rsatgichlari evaziga u Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi va jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. U Qatardagi mundialda raqib darvozasini ishg‘ol qilishga ham erishdi.
Fikrlar