“Bavariya”ga PSJ darvozaboni kerak

  • 13 dekabr, 2022, 18:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer oyog‘ini sindirib olib, mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Endilikda jamoaga yangi darvozabon kerak.

Variantlar orasida Keylor Navas ham mavjud. “Foot Mercato” nashri berayotgan xabarga ko‘ra, nemis klubi 35 yoshli futbolchiga taklif bilan chiqmoqchi.

Navas jamoaga Donnarumma kelganidan so‘ng ikkinchi raqamli darvozabonga aylanib qoldi. Bu taklif futbolchiga ma’qul kelishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transfer amalga oshmasligi ham mumkin. Sababi, PSJ Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuvda Frantsiya klubi Navasni qarshi jamoada ko‘rishni istamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!