“Bavariya”ga yulduziga xaridor chiqmadi, u klubda qolishga majbur

  • 13 iyul, 2024, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning eng kuchli o‘yinchilaridan biri Serj Gnabri yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirayotgan edi.

Myunxen superklubi ham 28 yoshli futbolchini boshqa klubga sotib yuborishga tayyorligini bildirgan.

Biroq Gnabriga boshqa klublardan jo‘yali taklif bo‘lgani yo‘q. Shu bois, yarim himoyachi yana “Bavariya”da qoladigan bo‘lyapti. Bu haqda Sky Sport nashri xabar tarqatdi.

Gnabrining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Serj o‘tgan mavsum og‘ir jarohat olgani tufayli chempionatda atigi o‘n marotaba maydonga tushdi. Bu uchrashuvlarda futbolchi uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!