
“Bavariya”ni engilmas mashinaga aylantirgan Flik yangi reja tuzdi
O‘tgan mavsumda “Bavaiya” bilan barcha turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritgan bosh murabbiy Xans-Diter Flik mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini ma’lum qilgan va rahbariyat uning qarorini qabul qilgandi.
Flik kelajak faoliyatiga oid rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men Germaniya terma jamoasi bosh menejeri Oliver Birxoff bilan muzokara o‘tkazganim rost. Lekin menda boshqa variantlar ham etarli. Albatta, milliy terma jamoani boshqarish bu alohida mavzu, - dedi Flik.
Ma’lumki, Germaniya terma jamoasini Evropa Chempionati yakunigacha Yoaxim Lyov boshqaradi. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u vaqti kelganda ishini topshiradi. Lyovning lavozimiga eng asosiy nomzod aynan Flikdir. “Bavariya” jamoasi boshqaruvi esa ayni paytda “Leyptsig”ga ustozlik qilayotgan Yulian Nagelsmannga o‘tadi.
Fikrlar