“Bavariya”ning navbatdagi nishoni kim?
Tarkib jihatidan dunyoning eng mukammal jamoasi hisoblangan “Bavariya” yangi talantlarni “ovlash”da davom etadi. Bu gal myunxenliklar Myunxengladbaxning “Borussiya”sida barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan yarim himoyachisi Denis Zakariyoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
23 yoshi shveytsariyalik futbolchiga anchadan buyon “Manchester Yunayted” va “Chelsi” og‘iz solmoqda.
“Bavariya” Zakariyoni Xavi Martinesning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Bu futbolchi o‘tgan mavsumda “Borussiya” tarkibida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bir juft gol va ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar