"Bavariya"ning sobiq etakchisi La Liga grandi safiga o‘tishi mumkin
"Bavariya" bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan himoyachi Jerom Boateng faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Sport1 tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi "Sevilya" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Aytish kerakki Boateng yangi mavsum startiga qadar o‘ziga jamoa topishni o‘ylamoqda.
Boateng 10 yillik faoliyatidan so‘ng "Bavariya"ni tark etdi. U 2011 yildan buyon myunxenliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Jerom o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar