Baxtiyor Ashurmatov: Afsuski, muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik
Xabaringiz bor bugun Superliganing 3-turida “Buxoro” o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘z maydonimizdagi dastlabki o‘yinda jamoamiz muxlislari uchun g‘alaba qozonish maqsadida harakat qildik. Afsuski, muxlislarimiz ishonchini oqlay olmadik. Ikkinchi bo‘limdagi nursiz o‘yinimiz uchun ishqibozlardan uzr so‘rayman. Birinchi bo‘limda yigitlar yomon harakat kilishmadi, jamoamiz tarkibidagi futbolchilarning jismoniy holati bir xil emas. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkib bilan muammolarimiz bor edi. Murabbiy sifatida shuni aytamanki, biz o‘z maqsadimiz sari olg‘a boraveramiz, yo‘qotilgan muhim ochkolarimizni kelgusi turlarda qo‘lga kiritishga harakat qilamiz”, - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi PFL matbuot xizmati.

Fikrlar