Baxtiyor Ashurmatov alamli durangdan keyin: "Balki vaqtni cho‘zishimiz kerakmidi..."

  • 14 sentabr, 2021, 19:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 18-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Mash’al”  uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

Tecno

- Gapni ochig‘i, juda alamli durang bo‘ldi. Bugun g‘alabani saqlab qolish uchun biroz tajriba etishmadi, deb hisoblayman. Mayda sabablar tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Boshqa jamoalar biz bilan o‘yinda hisobda oldinda bo‘lishsa, o‘yinni cho‘zishga harakat qilishadi. Bundan tashqari, “Mash’al” futbolchilari ham oxirigacha kurashdi.

So‘nggi paytlarda etakchi futbolchilarimiz jarohat sababli maydonga tusha olishmayapti. Shuning uchun tarkibdagi boshqa o‘yinchilarga imkoniyat beryapmiz. Ular o‘z imkoniyatlaridan foydalanishlari lozim.

Negadir ayrim o‘yinlarda e’tiborsizlik oqibatida gol o‘tkazib yuboryapmiz. Balki biz uchrashuv oxirida o‘yin tempini tushirishga ko‘rsatma berishimiz kerakmidi? Yoki vaqtni chuzishimiz lozimmidi, bilmadim.

Murod Xolmuhammedov keyingi bahsda ham maydonga tusha olmaydi. U hali to‘liq tuzalib ulgurmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!