Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ga qarshi bahs mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi

  • 24.08.2020 23:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasi 12-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun “Andijon” jamoasida butunlay kutilmagan o‘yin, kutilmagan taktik o‘zgarish va boshqacha shijoatni ko‘rdim. Ko‘plab o‘yinlar o‘tkazgan bo‘lsak, bugun eng og‘ir uchrashuvlardan biri bo‘ldi. “Derbi” o‘z nomiga yarasha jangovar ruhda o‘tdi. Lekin bu bahs mavsumdagi eng yomon o‘yinimiz bo‘ldi. O‘ylagan taktik uslublarimiz ham o‘xshamadi. G‘alaba qozongan bo‘lsak-da, o‘yindan murabbiy sifatida ko‘nglim to‘lmadi. “Andijon” bugun kamida durangga loyiq o‘yin kursatdi.

Hozirgi paytda pandemiya, futbolchilarda charchoq borligi hamma uchun tanish gaplar. Hamma ayni damda bir xil holatda, deb o‘ylayman.Markazlashgan o‘yinlarning boshlanishidan oldin murabbiylar kelishib olgan edik. Har bir jamoada 45 nafar futbolchi ro‘yxatga olingan. Qaysidir jamoa pandemiya sababli futbolchilar va tarkib bilan muammoga duch kelsa zayavkadagi futbolchilardan foydalanishga va o‘yinni qoldirmaslikka kelishib olgandik.Shu sababli bu muammolarga duch kelsak buni bahona kilmasligimiz kerak.Ochig‘ini aytaman, bugun o‘yininimiz butunlay qovushmadi. Shu sababli bugungi g‘alabani omadimiz kelgani bilan izohlagan bo‘lardim. Yigitlar ham oxirigacha kurashishdi. Bugun raqibimiz ham jangovar o‘yin ko‘rsatdi.

Bugungi o‘yin uchun har ikki jamoa a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. Yana shu narsani qo‘shimcha qilishim mumkinki, pandemiya sabab biror jamoa muammoga duch kelsa, PFLning har qanday qaroriga rozi bo‘lamiz. Biz raqiblarning zaiflashuvidan manfaatdor emasmiz. Uch kundan keyin yana bir “derbi”da maydonga tushamiz. “Navbahor”ga qarshi bo‘ladigan bellashuv ham oson bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!