Baxtiyor Ashurmatov: G‘alabadan xursand emasman

  • 29 noyabr, 2018, 21:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing so‘nggi turi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK – “Qizilqum” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun garchi g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, lekin bundan u qadar xursand emasmiz. Sababi yakunda baribir Pro liga jamoasiga qarshi o‘tish bahsida maydonga tushishga to‘g‘ri keladi. Mavsum davomida kerakli o‘yinlardagi yo‘qotilgan zarur ochkolar baribir o‘z “so‘zini aytdi”. Lekin bugungi o‘yindagi g‘alaba baribir pley-off bahsi oldidan yigitlarga oz bo‘lsa ham madad va kayfiyat taqdim etadi, deb o‘ylayman. Umuman olganda, ortda qolayotgan mavsumdan qoniqqanim yo‘q. Sababi Kubokni qo‘lga kiritganimiz bilan chempionatda muavaffaqiyatsiz ishtirok etdik. Aslida jamoalar ikki guruhga ajratilgach, 7-o‘rinni egallashni maqsad qilgan edik. Ammo yakunda pley-offda maydonga tushishimizga to‘g‘ri kelmoqda", - deydi Ashurmatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!