Baxtiyor Ashurmatov: Juda ham qimmatli bo‘lgan ikki ochkoni yo‘qotdik

  • 11.09.2020 21:02
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola superligasi 14-tur doirasidagi "Buxoro" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Gapning ochig‘i, juda alamli durang bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda biroz e’tiborni yo‘qotdik va bu xato bizga qimmatga tushdi. Maydonda son jihatdan ham, o‘yin jihatidan ham ustunlik qilayotgandik. Afsuski futbolda daqiqalar va soniyalar ham ko‘p narsani hal qiladi. Oxirida gol o‘tkazib yubordik. Natijada judayam qimmatli ochkolarni qo‘ldan boy berdik. Sababi bizni yaqin raqobatchilarimizdan biri bo‘lgan "Nasaf" kecha g‘alaba qozondi. Biz g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushgandik, durang natija qayd etildi. “Buxoro” oxirigacha kurashdi va o‘zi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritdi. Ularning AGMK jamoasi bilan o‘yinlarini ko‘rib chiqqandik. Raqib har bir o‘yinda so‘nggi jangga chiqqandek harakat qilyapti. Har ikki jamoa futbolchilariga jangovar o‘yin uchun rahmat aytaman.

O‘yin oxirida gol kiritganimizda bugun ham g‘alaba qozonishimizga ishonayotgandim. Chunki so‘nggi uchrashuvlarda aynan uchrashuv yakunlanishi arafasida yigitlarimiz xarakter ko‘rsatib, gol kiritishaetgan va g‘alaba qozonayotgandik. Bugun esa futbolda oldindan xursand bo‘lmaslik lozimligini o‘yin ko‘rsatib berdi. Futbol shunday o‘yinki, so‘nggi soniyalarda ham barchasi o‘zgarib ketishi mumkin, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
11/09/2020 21:44
Аламли дуранг майли булиб туради йигитлар энди бардам булинг КУКОНЖОН омад ёр булсин Кокон