
"Bayer" mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi
"Bayer" Bundesligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 35 ta o‘yinga etkazdi.
Leverkuzenning "Bayer" klubi Bundesliganing 1-turi doirasida "Borussiya Menxengladbax"ni mehmonda mag‘lub etdi.
Kechagi uchrashuvdan so‘ng Leverkuzenliklar Bundesligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 35 ta o‘yinga etkazdi. "Bayer"ning so‘nggi mag‘lubiyati 2022/2023 mavsum "Boxum"dan qabul qilib olingan edi.
Ma’lumot uchun, Bundesligadagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya rekordchisi "Bavariya" hisoblanadi. Jamoa ketma-ket 53 o‘yinda raqibga imkoniyatni boy bermagan.
Fikrlar