
"Bayer" Xabi Alonsoga o‘rniga APLdagi eng yosh murabbiyni olib keladi
Ushbu yozda Xabi Alonso bilan xayrlashishi kutilayotgan "Bayer Leverkuzen" uning o‘rniga boshqa murabbiy qidirmoqda.
Asosiy nomzodlar orasida "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas ko‘rsatilgan edi. Biroq, ispaniyalik mutaxassis "Bayer" taklif qilgan maoshdan ko‘proq pul istashini klub vakillariga ma’lum qildi.
Endilikda, leverkuzenliklar "Brayton" ustozi Fabian Xyutseller bilan muzokaralarga kirishdi. SportBILD nashrining xabar qilishicha muzokaralar ijobiy davom etmoqda va mutaxassisning klubga kelishi deyarli hal qilingan. Fabian APL tarixidagi eng yosh murabbiylaridan biri hisoblanadi va nemis klubi uni barcha talablarga javob bera olishiga ishonmoqda.
Ushbu mavsumda 32 yoshli mutaxassisning qo‘l ostidagi jamoa APLda 35 ta o‘yinda jami 52 ochko jamg‘argan holda 10-o‘rinni egallab turibdi. Murabbiy 2024 yilda klub boshqaruviga kelgan va jamoa bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar