
“Bazel” “Manchester Siti”ning o‘z maydonidagi 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasining o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi poyoniga etdi. Ingliz klubi EChL 1/8 final bosqichi doirasida Shveytsariyaning “Bazel”iga o‘z maydonida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Bunga qadar “shaharliklar” o‘z maydonlarida o‘tgan so‘nggi 37 bellashuvning birortasida mag‘lub bo‘lmay kelishayotgan edilar.
Xosep Gvardiola jamoasi so‘nggi bor 2016 yilning 3 dekabrida “Ittixod”da “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergan edilar – 1:3.
Qayd etish joiz, “Siti” bugungi mag‘lubiyatga qaramay, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Boisi, ular ilk o‘yinda 4:0 hisobida zafar quchgan edilar.
Fikrlar