Bektemir Meliqo‘ziev Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi

  • 6 dekabr, 2020, 10:16
  • 0
  • Boks

Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev so‘nggi jangidan keyin O‘zbekistonga kelgan va mashg‘ulotlarini shu erda davom ettirayotgandi. Bugun tongda, yurtdoshimiz yana Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, uning navbatdagi jangi 6 fevralda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. 

Xabaringiz bor, Meliqo‘ziev professional yo‘nalishda 6 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 5 bora raqiblarini nokautga uchrata olganligi ham tahsinga loyiqdir. U oxirgi marta 30 oktyabrda ringga ko‘tarilib, meksikalik Alan Kampani (17-6-0, 11 KO) muddatidan avval taslim qilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!