Bektemir Meliqo‘ziev kim bilan hech qachon jang qilmaydi? Bokschimizning o‘zi javob berdi
Ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziev (7-0-0, 6 KO) kim bilan ringga ko‘tarilishni istamasligini aytdi.
Bu Meliqo‘zievning do‘sti va sparring sherigi bo‘lgan yarimog‘ir vazn (79,4 kg) toifasida WBA super chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol (17-0-0, 11 KO).
“Hech kimni kamsitmoqchi emasman. Menejerlarim va promouterlarimning o‘z rejasi bor va ishonch bilan ayta olamanki, men o‘rta vazn toifasidan tortib, yarimog‘ir vazndagi istalgan bokschiga qarshi ringga ko‘tarilishga tayyorman. Men jang qilmaydigan yagona bokschi bu do‘stim va jamoadoshim Dmitriy Bivol”, - dedi Meliqo‘ziev.
Manba: Boxingscene
Fikrlar