
Bektemir Meliqo‘zievning vazn toifasidagi super nokautchi yana ringga ko‘tariladi
Super o‘rta vazn toifasida anchagina shov-shuvga sabab bo‘layotgan 22 yoshli “pancher” Edgar Berlanja o‘zining navbatdagi jangini 17 oktyabr kuni Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes jangi anderkardida o‘tkazadi.
Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Asli kelib chiqishi puerto-rikolik bo‘lgan Berlanja professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini 1-raunddayoq nokautga uchratgan. U professional faoliyati mobaynidagi rasmiy janglarda hech qachon 2 raund jang qilmagan. Hozirda, Berlanja WBA reytingida 11-pog‘onada bormoqda. Edgar so‘nggi jangini joriy yilning 21 iyulida amerikalik Erik Moonga qarshi o‘tkazgan edi. Oradan uch oy vaqt o‘tib, u yana ringga ko‘tarilish arafasida...
Berlanjaning vazn toifasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ham faoliyat yuritadi.
Fikrlar