Bekxem: "Messi hali ham ko‘proq yutuqlarga erishishni xohlaydi"
"Inter Mayami" prezidenti Devid Bekxem 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi 17-turidan o‘rin olgan Argentina - Venesuela (3:0) o‘yinidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi. Bu o‘yin 38 yoshli Messining milliy jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvi bo‘lishi mumkin.
"Betakror inson uchun o‘ziga xos kecha. Hamma narsaga erishildi, lekin u hali ham ko‘proq narsani xohlaydi - o‘zi uchun emas, balki o‘z mamlakati uchun. Bu oqshom Argentina Leoni munosib taqdirladi. Tabriklayman, Leo", - deb yozdi Bekxem.
Messi Argentina terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 194 ta o‘yinda maydonga tushib, 114 ta gol va 61 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar