
Bekxemning o‘g‘li professional futbolda debyut qildi
Angliyalik futbol yulduzi Devid Bekxemning o‘g‘li Romeo Bekxem AQShning "Fort Loderdeyl" klubi safida professional futbolda debyut qildi.
19 yoshli futbolchi USL League One (AQShning 3-divizioni) doirasida o‘tkazilgan "Tormento" (2:2) klubiga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Romeo 74-daqiqa maydonda harakat qildi va ushbu vaqt davomida to‘p bilan 19 muomala qildi.
Eslatib o‘tamiz, Devid Bekxem MLSda ishtirok etuvchi "Inter Mayami" klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi.
Fikrlar