Belarus chempionati. "Energetik-BGU"ning g‘alabasiz seriyasi davom etadi

Hozirgina Belarus Oliy Ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" hamda "Neman" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Gorodskoy" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi — 1:1.

Mezbonlar safida hamyurtimiz Shahboz Umarov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida faol harakat qildi. 12-daqiqada aynan uning burchakdan uzatib bergan to‘pini Svirepa bosh bilan raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi.

Shu tariqa, "talabalar"ning g‘alabasiz seriyasi 5 ta o‘yinga etdi. Jamoa bugungi durangdan so‘ng o‘z ochkolari sonini 31 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 6-o‘rindan joy oldi.

Belarus Oliy ligasi. 21-tur

"Energetik-BGU" — "Neman" 1:1

Gollar: Aleksandr Svirepa (12) — Valeriy Jukovskiy (46).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!