Belarus chempionatining ikki uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi
Belarus chempionatidan o‘rin olgan «Dinamo» Brest - «Slutsk» hamda «Minsk» - «Slaviya» jamoalari bahsi belgilangan vaqta o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Xabarlarga qaraganda, prezidentlik saylovidan so‘ng mamlakatda yuzaga kelgan turli ommaviy namoyishlar sabab, ushbu ikki uchrashuv qachon o‘tkazilishi noma’lum. Aytish kerakki, «Dinamo» Brest - «Slutsk» uchrashuvi shu tariqa ikkinchi marta ko‘chirildi. Boisi, dastlab mezbon jamoa a’zolarida koronavirus aniqlangach, ushbu o‘yin sanasi o‘zgartirilgan edi.
Belarus pandemiya davrida ham to‘xtatilmagan Evropadagi yagona chempionat hisoblanadi. U erda ikki nafar hamyurtimiz – Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev to‘p surmoqda.



Fikrlar