Belarus. Yaxshiboev xet-trik qayd etdi, "Shaxtyor" BATEni quvishda davom etadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Belarus Oliy ligasi 25-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi safarda "Belshina"ga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yaxshiboev uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va raqib darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga erishdi. Bugungi g‘alaba natijasida soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 52 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadam BATEdan 1 ochko kam jamg‘argani bois, 2-o‘rinda bormoqda.

Oliy liga. 25-tur (qoldirilgan o‘yin)

BELShINA - ShAXTYoR 1:5.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!