Belarusda bombardirlar bahsi. Yaxshiboev bugun gol urishi shart!

  • 7 iyun, 2020, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida 12-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Bugungi uchrashuvlarning ahamiyatli tomoni shundaki, musobaqa to‘purarlari bahsida etakchilik qilayotgan futbolchilar maydonga tushadi.

Tecno

Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU"ning safarda "Shaxtyor" Soligorsk jamoasiga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvi turning markaziy o‘yini bo‘ladi. Bu uchrashuvda Jasur gollari sonini oshirishi kutilmoqda. O‘zbek legioneri hisobida hozircha 7 ta gol bor va u Gegam Kadimyan bilan birga bombardirlar bahsini boshqarmoqda.

117697_680

O‘z navbatida, mezbonlar safidagi to‘purar Vitaliy Lisakovich ham Yaxshiboevga etib olishga harakat qiladi. 11 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi beshta golga mualliflik qilgan.

18054_1a988518fab5b968c42ba52efe5e10e8

Jasur Yaxshiboevning asosiy raqobatchisi Gegam Kadimyanning jamoasi “Neman” bu turda safar uchrashuvida “Slaviya” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. To‘liq o‘ynagan Gegam maydonni golsiz tark etdi. Bugun Jasurda Kadimyandan o‘zib ketish imkoniyati bor.

1587757720_1

Shuningdek, 12-turda o‘zaro kuch sinashadigan “Vitebsk” va “BATE” o‘rtasidagi bahs ham o‘zbekistonlik futbol muxlislarini befarq qoldirmaydi. Chunki mezbonlar mazkur uchrashuvda birinchi o‘rinda borayotgan “BATE”ni mag‘lub etadigan bo‘lsa, “Energetik-BGU”da peshqadamga tenglashib olish uchun qulay vaziyat yuzaga keladi. Buning uchun “talabalar” safar uchrashuvida uchinchi o‘rinni egallab turgan “Shaxtyor”ni mag‘lubiyatga uchratishi kerak.

Qolaversa, “Vitebsk” – “BATE” o‘yini Jasur Yaxshiboev uchun ham ahamiyatli. Chunki mezbonlarning moldovalik legioneri Ion Nikolaesku 8 ta o‘yinda beshta gol urgan va to‘purarlar bahsida o‘zbekistonlik hujumchini ta’qib qilmoqda.

10

“BATE”ning serbiyalik hujumchisi Nemanya Milich to‘qqizta o‘yinda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilgan holda to‘purarlik unvoni uchun kurashga qo‘shildi.

28365_e3683efbdf34a83a0cc94a9064536c6e

“Shaxter” – “Energetik-BGU” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Belarus futbolini bezayotganlar. Jasur ham jasorat ko‘rsatmoqda

Markaziy uchrashuvda murabbiy Yaxshiboevga ishonmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!