Belbog‘li kurash. Polvonlarimiz Jahon kubogi va Osiyo chempionatida eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Joriy yilning 8-11 oktyabr kunlari Rossiyaning Chuvashiya Respublikasidagi Novocheboksarsk shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida jahon kubogi hamda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi sport delegatsiyamiz ham ishtirok etib, kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Tecno

Dastlab, belbog‘li kurash bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari tashkil etildi. Ushbu xalqaro musoboqada terma jamoamiz bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov, yordamchi murabbiy Yusuf Barnoqulovlar qo‘l ostida ishtirok etgan polvonlarimiz umumjamoa hisobida mezbon sportchilardan keyin 6 ta oltin, 3 ta kumush, 27ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni egallashdi. 

15 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirokidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz 8 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg‘argan holda umumjamoa natijasiga ko‘ra, faxrli birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Shuningdek, xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Miranshoh Ro‘ziev, Sergey Tak, Ne’matullo To‘ychiev, Abduqaxxor Egamov hamda Elmurod Abdullaevlar hakamlar tarkibida ish olib borishdi. 
Demak, quyida jahon kubogi va Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.

Jahon kubogi. Erkin yo‘nalish: 

Erkaklar. 

Oltin medal: 

57 kg. Ozodbek Salimov (Farg‘ona) 
68 kg. Asadbek Ergashaliev (Farg‘ona) 
100 kg. Sarvar Ikromov (Navoiy)

Kumush medal 

90 kg. Samandar Egamberdiev (Navoiy)  
+100 kg. Ilyos Mirzaaxmatov (Toshkent sh.) 

Bronza medal: 

57 kg. Muhammadziyo Muhammadjonov (Farg‘ona)
62 kg. Ulug‘bek Muhammadjonov (Andijon)  
62 kg. Elmurod Ahmadjonov (Farg‘ona) 
75 kg. Fayzullo Munisjonov (Namanangan) 
75 kg. Mardonali Sulaymonov (Farg‘ona) 
82 kg. Hasanjon Mirzarahimov (Farg‘ona) 
90 kg. Shoxruh Nishonov (Farg‘ona) 
100 kg.  Shohiddin Hayitov (Farg‘ona) 
+100 kg. Feruzbek Mirzakarimov (Farg‘ona).

Jahon kubogi. Erkin yo‘nalish

Ayollar. 

Kumush medal: 

52 kg. Barno Kalmuratova (QQR)

Bronza medal 

52 kg.  Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg‘ona) 
58 kg. Zemfira Azatova (QQR) 
58 kg. Shakarjon Samandarova (Toshkent sh.) 
66 kg. Nasibaxon Akbarova (Farg‘ona) 
66 kg. Shaxnoza Bazarbaeva (Xorazm) 
76 kg. Zebaxon Nosirova (Namangan) 
76 kg. Zulfira O‘rozboeva (Farg‘ona) 
+76 kg. Nargiza Hamdamova (Namangan). 

Jahon kubogi. Erkaklar. Klassik yo‘nalish:

Oltin medal 

75 kg. Mansur Abdullaev (Toshkent sh.) 

Kumush medal 

68 kg. Jahongir Ahmadjonov (Namangan) 
+100 kg. Oyatillo Alijonov (Fapg‘ona) 

Bronza medal 

57 kg. Akrom Alijonov (Farg‘ona) 
57 kg. Navro‘z Muhammadaliev (Namangan) 
62 kg. Abdulazizxon Muhammedov (Farg‘ona) 
68 kg. Suxrob Saidboev (Sirdaryo)
75 kg. Hasanboy To‘xtasinov (Andijon)  
82 kg. Zohidjon Raimqulov (Sirdaryo) 
90 kg. Jamshid Sotvoldiev (Namangan) 
100 kg. Samandar Isroilov (Farg‘ona) 
100 kg. Muhammadsalim Abdurahmonov (Farg‘ona) 
+100 kg. Hamidillo Soliev (Toshkent sh.).

Osiyo chempionati. Erkin yo‘nalish. Erkaklar. 

Oltin medal: 

57 kg. Janaris Shinbatirov (QQR) 
68 kg. Mamarajab Rahmatov (Navoiy) 
+100 kg. Farrux Narzullaev (Sirdaryo) 

Kumush medal: 

57 kg. Qosimjon Xudoyberdiev (Toshkent sh.) 
62 kg. Nodirbek Abdumalikov (Farg‘ona) 
68 kg. Bekpo‘lat Bakirov (Namangan) 
90 kg. Mansur Po‘latboev (Xorazm) 
100 kg. Eldor Erdonov (Navoiy) 

Bronza medal: 

62 kg. Rinat Maratboev (QQR) 
75 kg. Rustam Matyoqubov (Toshkent sh.) 
75 kg. Boburjon G‘ulomnazirov (Farg‘ona) 
82 kg. Asadbek Abdurahmatov (Namangan) 
100 kg. Abdulxay Obidjonov (Farg‘ona) 
+100 kg. Azimjon Yuldoshev (Namangan) 

Osiyo chempionati. Erkin yo‘nalish. Ayollar. 

Oltin medal: 

52 kg. Moldir Alimboeva (QQR) 
58 kg. Shahlo Kalmuratova (QQR) 
66 kg. Muxlisaxon Rustamova (Namangan) 
76 kg. Durdona Mamurjonova (Toshkent sh.)   
+76 kg. Nargiza Hamdamova (Namangan) 

Kumush medal: 

52 kg. Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg‘ona) 
66 kg. Sevinch Ne’matullaeva (Toshkent sh.)
+76 kg. O‘g‘iloy Salimova (Farg‘ona) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!